Moskvaning muzlatilgan aktivlari qaytarilishi mumkin, faqat...
Hozirda Rossiyaning 300 milliard yevro zaxiralariga taqiq qo‘yilgan.

Agar Moskva Ukrainani tiklashda ishtirok etsa, uning muzlatib qo‘yilgan 300 milliard yevro zaxiralari taqiqdan chiqarilishi mumkin. Bu haqda YEIning adliya va qonun ustuvorligi masalalari bo‘yicha komissari Didye Reynders maʼlum qildi.
“Fikrimcha, 300 milliard yevro zaxirani asrab qo‘yish kerak. Bu Rossiya Ukrainani o‘z xohishi bilan tiklashni boshlamaguncha kafolat tariqasida turishi kerak”, – degan yevrokomissar Funke nashriga bergan intervyusida.
Hozirda Yevroittifoqning 7 davlatida RFga tegishli 17 milliard yevro aktivlar muzlatilgani taʼkidlangan. Ular jami 90 nafar rossiyaliklarga tegishli.
Rasmiy Bryussel bir necha bor Moskvaga tegishli aktivlarni musodara qilish istagini bildirgan. 21 oktyabr kuni Yevrokengash ularni Ukrainaga taqdim etish yo‘llarini topish bo‘yicha topshiriq berdi. bundan tashqari, Kiyev ham BMTda Rossiyadan tovon undirish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilinishini istayapti.







