Nensi Pelosining uyiga hujum: hozircha nimalar maʼlum?
Vakillar palatasi spikerining turmush o‘rtog‘i jiddiy jarohatlangani aytilmoqda.

AQSH Konressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining turmush o‘rtog‘i muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Kecha uning uyiga hujum uyushtirilgandi.
Oqibatda uy egasining boshi yorilgan. Hujum 42 yoshli erkak tomonidan amalga oshirilgan, u spiker Pelosi bilan uchrashishni talab qilgan.
Pol Pelosi, shuningdek, o‘ng kafti va qo‘lidan jiddiy jarohat olgan. Hozirda u San-Fransiskodagi shifoxonalardan birida davolanmoqda.
Hujum uyushtirgan shaxs fitna nazariyalari tarafdori bo‘lgani aytilmoqda. Unga suiqasd uyushtirish va yoshi katta odamlarga shavqatsiz munosabatda bo‘lish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.







