Toshkentning ayrim tumanlarida gaz ta’minoti uziladi
“Hududgazpoytaxt” bu bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi.

Ta’mirlash ishlari tufayli bugun Yangihayot, Sergeli, Chilonzor tumanlarining ba’zi mahallalarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Yangihayot tumani “Choshtepa” mahallasi hududidan o‘tgan yuqori bosimli D-530 mm gaz quvuriga elektron gaz hisoblagich o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 29-oktyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Yangihayot tumani, “Yangi Choshtepa”, “Choshtepa” mahallalarida, Sergeli tumani “Junariq” mahallasida, Chilonzor tumani “Beshqo‘rg‘on” mahallasida hamda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzillardagi barcha turdagi ulgurji tashkilotlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Shuningdek, Chilonzor tumani “Chorbog‘” ko‘chasidagi “Eko gazoil” avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida, “Bunyodkor” ko‘chasidagi “ToshBusXizmat” avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida, yuqori bosimli gaz quvuriga ulangan barcha turdagi 25 ta ulgurji tashkilotlarida, jumladan, 3 ta Avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida gaz ta’minoti uziladi.








