AQSH armiyasi Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomatlarni sotib olish istagini bildirdi
Pentagon AK-74 avtomatlarini xarid qilish uchun e’lon berdi.

AQSH mudofaa vazirligi katta miqdorda 5.45x39 mmli AK-74 avtomatlarini sotib olmoqchi. Tegishli e’lon Qo‘shma Shtatlar davlat xaridlari rasmiy saytiga joylashtirilgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH qurolli kuchlarining Nyu-Jersidagi qo‘mondonligi ushbu e’lonni bergan. Unga ko‘shimcha qilib quroldan foydalanish bo‘yicha ingliz tilidagi qo‘llanma, o‘q-dori va tozalash moylari sotib olinishi qayd etilgan.
Bundan tashqari, faqatgina Rossiya, Germaniya va Ruminiyada ishlab chiqarilgan AK-74 avtomatlari sotib olinishi belgilangan. Shu bilan birga qurolning nima maqsadda sotib olinishi ochiqlanmagan.








