Omadi yurishmayotgan “Barcelona” rekord o‘rnatdi
Jamoa Ispaniya chempionatining 10 ta o‘yinida gol o‘tkazib yubormagan.

“Barcelona” La Ligada rekord o‘rnatdi. Kataloniya klubi liganing dastlabki 12 o‘yinning 10 tasida gol o‘tkazib yubormadi. Bunga qadar LaLiga tarixida bunday hodisa kuzatilmagandi.
Eslatib o‘tamiz, “Barcelona” Ispaniya chempionatining dastlabki 12 ta o‘yinidan keyin 10 g‘alaba va 1 tadan durang hamda mag‘lubiyat qayd etdi.








