O‘zbekistonda yer qimirlashi kuzatildi
Episentr Toshkentdan 170 kmilometr janubiy-sharqda bo‘lgan.

Bugun, 30 oktyabr kuni Namangan viloyatida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer silkinishi soat 22:52 da Chust tumanida kuzatilgan. Zilzila koordinatalari: 41,01 gradus shimoliy kenglik; 71,22 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,5. Chuqurlik 10 kilometr. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 170 kmilometr janubiy-sharqda bo‘lgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
—Namangan viloyati 2–3 ball, 38 kilometr.








