Qashqadaryo hokimi futbol muxlislariga iltimos bilan chiqdi
Bugun “Nasaf” bilan “Navbahor” o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 30 oktyabr kuni Buxoro viloyatida “O‘zbekiston kubogi–2022” finalida Qashqadaryo viloyatining “Nasaf” jamoasi Namanganning “Navbahor”i bilan bahs olib boradi. Hokim Murotjon Azimovning vohalik futbol muxlislarga murojaat bilan chiqib, o‘yin vaqtida raqib jamoaga nisbatan hurmat saqlashni so‘radi.
“O‘yin jarayonida muxlislik madaniyatiga amal qilishingizni, raqib jamoa va muxlislariga o‘zaro hurmatni saqlashingizni so‘rab qolaman. Eng madaniyatli va tozakor muxlis nominatsiyasiga loyiq ekanimizni ko‘rsataylik”, — deyiladi murojaatda.








