O'zbekiston

Sanatoriylarga yo‘llanma olish bo‘yicha elektron navbat joriy qilindi

Foydalanuvchilar DXM yoki YAIDXP orqali bu imkoniyatdan foydalanish mumkin.

Sanatoriylarga yo‘llanma olish bo‘yicha elektron navbat joriy qilindi



Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma berish bo‘yicha elektron navbat joriy etildi. Bu haqda “O‘zA” axborot agentligi xabar qilmoqda.


Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarga yo‘llanmalar Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari)ga beriladi.


Shuningdek, respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar, Chernobil AYeS halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar, Yadro poligonlari va boshqa radiasiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar ham mazkur imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.


1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz 1-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxslarga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga va yoshga doir pensiya oluvchilarga ham sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar beriladi.


Yo‘llanmalarni berish davriyligi (birlamchi murojaat etganlar bundan mustasno) har yili – navbat asosida iborat bo‘ladi.


Foydalanuvchilar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (YAIDXP) bu imkoniyatdan foydalanish mumkin. Elektron tizim orqali yo‘llanmalar rasmiylashtirilgandan keyin Davlat xizmatlari markazlariga keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘zlari yoki vakillari kelib, yo‘llanmalarning elektron yoki qog‘oz shaklidagi nusxalarini olishi ham mumkin.


Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimida 11 ta sanatoriy mavjud bo‘lib, ularning bir yillik sog‘lomlashtirish quvvati 45 ming nafar fuqaroni tashkil qiladi. 2024-yilga qadar esa yana har biri 100 o‘ringa mo‘ljallangan 4 ta sanatoriy qurish ko‘zda tutilgan.


Toshkent shahrida navbatga olingan fuqarolar uchun “Nuroniylar” sanatoriysi, “Tovoqsoy” sanatoriysi, “Marjon suvi” sanatoriysi, “Oltiariq” sanatoriysi va “Kosonsoy” sanatoriysi kabi 5 ta sanatoriy xizmat ko‘rsatadi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sanatoriylarga yo‘llanma olish bo‘yicha elektron navbat joriy qilindi | Zamon.uz