Jahon

AQSH Avstraliyaga yadro bombasi olib yuradigan samolyotlarni joylashtiradi

Bu Vashingtonga 100 million dollarga tushadi.

AQSH Avstraliyaga yadro bombasi olib yuradigan samolyotlarni joylashtiradi

 

AQSH Avstraliya shimoliga yadro bombalari olib yurishga mo‘ljallangan B-52 bombardimonchi samolyotlarini joylashtirmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

 

Taxminlarga ko‘ra, buning uchun Tindal aviabazasida zarur obyektlar quriladi. Vashington buni “Eskadrilyaning operativ markazi” deb atamoqda.

 

O‘z navbatida ABC telekanali hukumat tomonidan ishlab chiqilgan texnik markazning rejasi suratlarini eʼlon qilgan. Ushbu baza AQSH hukumatiga 100 million dollarga tushishi taxmin qilinmoqda. Bombardimonchilar uchun turish joyi 2026 yil yakunigacha qurib bitkaziladi.

 

Avstraliya mudofaa vazirligi bu xabarga izoh bermagan.

 

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"