Charlz III onasidan meros qolgan otlarni sotib yubordi
Endi qirollik oilasining ajralmas qismi bo‘lgan ot sportiga yakun yasaladimi?

Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz III marhuma onasi — Yelizaveta II‘dan meros qolgan poyga otlarini kimoshdida sotib yubordi.
14 ta ot, jumladan, qirolicha vafotidan ikki kun avval Gudvud poygasini yutgan Love Affairs laqabli ot yangi egalari qo‘liga o‘tdi. Monarx jami 1,075 million funt sterling ishladi: har bir ot auksionda o‘rtacha 75 ming funtdan baholandi.
Charlz bu jonivorlar sonini qisqartirishiga qaramay, ot sporti qirollik oilasining ajralmas qismi bo‘lib qolishi maʼlum qilingan.







