O'zbekiston

Farg‘onada 10 million dollarlik korxona ochildi

Bu Markaziy Osiyoda yagona.

Farg‘onada 10 million dollarlik korxona ochildi

 

Farg‘ona viloyatidagi Uzsungvoo qo‘shma korxonasida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan 10 million dollarlik loyiha qiymatiga ega Metallarga qizdirilgan holda ishlov berish liniyasi foydalanishga topshirildi.

 

Ochilish marosimida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining viloyat boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi.

 

Obyekt to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, eng yangi texnologiyalar asosida ishlaydi va Schuler, Prima Pover, Benteler, Aotto kabi kabi dunyoning eng old mashinasozlik kompaniyalarida ishlab chiqarilgan po‘lat o‘ramdan kerakli o‘lcham olish, qizdirib presslash, lazerda kesish uskunalari bilan jihozlangan.

 

Yangi liniyaning ishga tushirilishi natijasida 120 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi va korxonaning yillik ishlab chiqarish hajmi 95 million dollarga oshdi. Metallarga qizdirilgan holda ishlov berish liniyaning o‘zida yiliga 19 million dollardan ortiq 2,4 million dona mahsulot ishlab chiqariladi.

 

Yangi texnologik jarayon, shuningdek, mamlakatimizda ishlab chiqariladigan Trasker va Onix avtomobillari uchun 20 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirishga imkon beradi.

 

Maʼlumot uchun: Uzsungvoo MCHJ qo‘shma korxonasining tashkil etilgan 2012 yildan buyon viloyatimizga kiritgan investitsiyalari hajmi qariyb 60 million dollarga yetdi. O‘zbekiston avtomobil sanoatida mustahkam o‘ringa ega korxonada 10 yildan buyon yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun katta va o‘rta o‘lchamdagi 300 dan ortiq nomdagi shtamp-payvandlangan qismlar ishlab chiqariladi. Korxonada faoliyat yuritayotgan ishchilar soni 900 nafardan oshdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada 10 million dollarlik korxona ochildi | Zamon.uz