“G‘alla kelishuvi” Rossiyasiz davom etadi(mi?)
Bugun Ukraina portlaridan 12 kema don olib chiqadi.

BMT, Ukraina va Turkiya 31 oktyabr kuni “g‘alla koridori”dan 14 kema o‘tishini kelishib oldi. Bu haqda kelishuvdan chiqib ketgan Rossiyaga maʼlumot berilgan.
30 oktyabrda ham don ortilgan olti kema Ukraina portlaridan chiqib ketgan, ammo u hali gumanitar koridor hududiga kirgani yo‘q. BMT Kotibiyati Istanbuldagi koordinatsion markazning barcha ishtirokchilari bilan yig‘ilish o‘tkazilganini maʼlum qilgan. ushbu majlisda Rossiya tomoni “g‘alla kelishuvi”dagi ishtirokini nomaʼlum muddatga qoldirgani to‘g‘risida axborot bergan.
31 oktyabrda 12 kema Ukraina portlaridan chiqsa, ikkitasi kirib keladi.
29 oktyabrda Moskva 22 iyulda erishilgan “g‘alla kelishuvi”dan chiqib ketganini eʼlon qildi. Bunga Sevastopolga uyushtirilgan dronlar hujumi sabab qilib ko‘rsatilgan.
1 avgust kuni Qora dengiz orqali Ukraina g‘allasi eksporti tiklangan edi.







