Liz Trassning telefoni josuslik dasturi orqali buzib kirilgan bo‘lishi mumkin
Аmaldagi Bosh vazir holatni nazoratga olishga buyruq bergan.

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Liz Trassning shaxsiy smartfoni Pegasus josuslik dasturi orqali buzib kirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Times xabar berdi.
Britaniya tashqi razvedkasi — Mi-6‘ning sobiq rahbari Aleks Yangerning so‘zlariga ko‘ra, internetga ulangan istalgan dastur Pegasus yordamida buzib kirilishi mumkin. Shu bilan birga u hukumat aʼzolarining kiberxavfsizlikka yetarli darajada eʼtibor bermayotganini taʼkidlagan.
Amaldagi Bosh vazir Rishi Sunak Trassning telefoni buzib kirilishini nazoratga olishga topshiriq bergan. Bundan oldin xakerlar sobiq Bosh vazir yozishmalarini o‘qishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.







