Lukashenko “katta og‘asi”ning yoniga boradi
Tomonlar Rossiya-Belarus integratsion loyihalarini ko‘rib chiqadi

Rossiya va Belarus prezidentlari yaqin orada uchrashadi. Bu haqda Aleksandr Lukashenko maʼlum qildi.
“Biz tez orada V.V.Putin bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazamiz va yil yakunlarini sarhisob qilamiz. Shuningdek, kelgusi yildagi Prezidentlar darajasidagi uchrashuvlarning vazifasini belgilaymiz”, – degan Belarus rahbari.
Tomonlar integratsion loyihalarni muhokama qiladi. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, shu maqsadda 1.5 milliard dollar ajratilishi kutilmoqda.







