O'zbekiston

O‘zbekiston kubogi: Berdiyevning rejasi ish berdi

Bu yil mamlakat kubogi bahslari o‘ttizinchi marotaba o‘tkazildi.

O‘zbekiston kubogi: Berdiyevning rejasi ish berdi

 

Rasman O‘zbekiston kubogi bahslarining 2022-yilgi mavsumi yakunlandi. Hal qiluvchi bahsda Namanganning “Navbahor” hamda Qarshining “Nasaf” jamoalari maydonga tushdi. Buxoro shahri mezbonlik qilgan bahsda “ajdarlar” 2:1 hisobidagi g‘alabani nishonlab, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Asosiy vaqtda kuchlar teng kelgan bo‘lsa, qo‘shimcha bo‘limlarda urilgan gol evaziga kubok Qarshiga ketadigan bo‘ldi. Mazkur yutuq “Nasaf” uchun ketma-ket ikkinchi, umumiy hisobda uchinchi g‘alaba hisoblanadi. Match juda qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo‘ldi. 

 

O‘zbekiston kubogi bahslari bu yil o‘ttizinchi marotaba o‘tkazildi. Bu turnirning o‘ziga xos tarixi ham bor. Turnirning ilk chempioni aynan “Navbahor” jamoasi bo‘lgan. “Paxtakor” 13 marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan eng muvaffaqiyatli klub hisoblanadi. Ikkinchi o‘rinda “Bunyodkor” 4 ta, “Navbahor” va “Lokomotiv” esa 3 ta bilan uchinchi o‘rinda. “Nasaf” klubi 2021-yilda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, o‘z tarixidagi ikkinchi kubokka egalik qilgandi.

 

Bevosita kechagi bahsga to‘xtaladigan bo‘lsak, hech bir jamoa yaqqol ustunlikka ega chiqmadi. Namanganliklar yo‘qotishlarsiz, to‘liq tarkib bilan mazkur o‘yinga yetib kelgandi. Qarshiliklar safida esa Husayn Norchayev maydonga tusha olmasligi avvaldan ma’lum edi. Bu, albatta, Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi uchun katta yo‘qotish hisoblanadi. Sababi, Norchayev jamoasining “yuragi”ga aylanib ulgurgandi. Berdiyev bor imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishga va buning ortidan natija ko‘rsatishga harakat qiladigan murabbiylar sirasiga kiradi.  Bugungi o‘yinda ham u o‘z uslubidan chekinmagan holda Husaynning o‘rnini boshqa futbolchilar orqali yopishni uddaladi. O‘yin statistikasiga qaraydigan bo‘lsak, ikki jamoada ham tenglik: 50:50. 

 

Final bahsi qo‘shimcha bo‘limlarga qadar davom etdi. Bu O‘zbekiston kubogi tarixidagi sakkizinchi ekstra-taymdir. Qo‘shimcha bo‘limlarning faqatgina 3 tasi “futbol lotereyasi”gacha yetib borgan.

 

“Nasaf” bu g‘alabasi orqali kelasi mavsum to‘g‘ridan-to‘g‘ri chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyatiga ega chiqdi. Qarshiliklarning hozirgi tarkibi asosan yoshlardan iborat, shakllangan tarkib. Tarkibdagi futbolchilarning deyarli barchasi milliy terma jamoa uchun nomzod o‘yinchilardir. Klub ayni damdagi tarkibi bilan Osiyoda ham kurasha oladigan kuchga ega. Yo‘nalish va o‘yin to‘g‘ri tanlansa, “Nasaf” Osiyoning grand klublari qarshiligini yenga oladi. Osiyo chempionlar ligasi bahslari hamyurtlarimiz uchun trampilin vazifasini o‘tasa ham ajab emas. 

 

Final bahsida o‘ziga xos qarama-qarshiliklar ham mujassamlashgan edi. Har ikki jamoaning har bir chizig‘ida O‘zbekiston MTJ futbolchilari to‘p surdi. Xususan, O‘tkir Yusupov va Abduvohid Ne’matov. O‘tkazib yuborilgan gollarda ularni ayblash noo‘rin. Barcha gollar himoyachilarning qo‘pol xatosi va jamoaning mahorati evaziga vujudga keldi. Bu joyda individual mahorat ham rol o‘ynadi. 

 

Samvel Babayan shogirdlarining deyarli barchasi katta tajribaga ega o‘yinchilardir. Qayerda qanday harakat qilishni, qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri qaror chiqarishni biladigan futbolchilar.

 

O‘zbekiston kubogi final bahsida “ajdarlar” 8-marta ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, birinchi marta ekstra-taymda qatnashmoqda. “Lochinlar” esa birinchi chempionlikni o‘zidayoq qo‘shimcha bo‘limlarda o‘ynagan va o‘shanda “Temiryo‘lchi” (hozirgi “Qo‘qon-1912”) jamoasidan ustun kelgan. 

 

Qarshiliklar asosini yoshlar tashkil etadi va ancha yillardan beri kubok bahslarida ham, chempionatda ham so‘nggi onlarda qoqilardi. Biroq, bugungi kunda kelib qarshiliklar mamlakat chempionligi bilan birga kubok bahslarida asosiy favorit hisoblanadi. Endi Berdiyev shogirdlari milliy chempionat g‘olibligi uchun kurashishi lozim bo‘ladi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekiston kubogi: Berdiyevning rejasi ish berdi | Zamon.uz