O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev energiyani tejash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi

Prezidant mutasaddilarga hududlarga chiqib, energiyani tejash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni izlash vazifasini qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev energiyani tejash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi

 

Bugun, 31 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Davlat rahbari bu haqda bir hafta oldin kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha yig‘ilishda ko‘rsatma bergan edi. Shu asosida kuz-qish mavsumida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash va bir maromda yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

 

Ma’lumki, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanib, turmush darajasi yaxshilangani sari energiyaga talab ham oshib boradi. So‘nggi besh yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli 20 foizga, jumladan, aholi tomonidan sarflanishi 31 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich yiliga 6 foizdan o‘sib bormoqda.

 

Shu bois energiya ishlab chiqarish izchil rivojlantirilmoqda, bunga qo‘shimcha suv, quyosh, shamol energetikasi stansiyalari barpo etilmoqda.  Shu bilan birga, elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfini hisoblash tizimi ham tartibga keltirildi. Endigi muhim vazifa – bu ne’matni qadrlab, tejab, o‘z o‘rnida foydalanish.


Taqdimotda mutasaddilar bu boradagi takliflarni bayon etdi. Xususan, sanoat korxonalarida ish jarayonini optimallashtirish, energiya ishlab chiqarish texnologiyasini modernizasiya qilish, qozonxonalarni yangilash va ta’mirlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga tabiiy gaz va elektr energiyasini 10 foizgacha qisqartirish mumkinligi aytildi.

 

Davlat rahbari bu masala yildan-yilga dolzarb bo‘lib borishi, shuning uchun hamma soha va hududlarda energiyani tejashga o‘rganish kerakligini ta’kidladi. Bu pirovard natijada xalqimizni energiya manbalari bilan uzluksiz va barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Bugungi kunda dunyoda energiya resurslari taqchilligi sezilmoqda. Shuning uchun ko‘plab davlatlarda energiya sarfini tejash va aholi xonadonlarida issiqlik haroratini moʻtadillashtirish choralari ko‘rilmoqda.

 

O‘zbekistonda ham bu borada ijobiy tajribalar ommalashmoqda. Masalan, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida ko‘chalarni yoritish tizimidan oqilona foydalanish hisobiga bir haftada 50 ming kilovatt-soat yoki 14 foiz elektr energiyasi tejalayotir.

 

Shu bois mutasaddilarga hududlarga chiqqan holda, energiyani tejash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni izlash vazifasi qo‘yildi.

 

Ijtimoiy soha muassasalarida energiya samaradorligini oshirish, quyosh panellaridan foydalanishni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

 

Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi hamda Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi vakolatlarini kuchaytirish, noqonuniy holatlarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev energiyani tejash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi | Zamon.uz