Turkiya Prezidenti elektromobilni sinovdan o‘tkazdi
Mamlakatda milliy elektromobillarni seriyali ishlab chiqarish boshlanmoqda.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib-Erdo‘g‘on Gemlik shahridagi Togg elektromobillar zavodida bo‘ldi.
Davlat rahbari zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, rafiqasi Emine xonim hamrohligida yangi mashinani haydab ko‘rdi.
Shundan so‘ng u taassurotlarini zavod ishchilari va tadbir mehmonlariga so‘zlab berdi.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada Togg brendi ostida milliy elektromobillarni seriyali ishlab chiqarish boshlanadi.







