Ukrainaga berilayotgan raketa zarbalari Moldovaga ham zarar yetkazdi
Bugun Rossiya Ukraina shaharlariga ommaviy raketa zarbalari berdi.

Ukrainalik harbiylar urib tushirgan Rossiya raketasi qoldiqlari Moldovaga quladi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
Agentlikning Moldova IIVga tayanib maʼlum qilishicha, raketa bo‘laklari Ukrainaning Vinnitsa viloyatiga chegaradosh Naslavcha qishlog‘iga qulagan. Hudud atrofi o‘rab olingan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Bugun Rossiya Ukraina shaharlariga yana ommaviy raketa zarbalari berdi. Asosan, energetika obyektlari nishonga olinmoqda.







