Xitoyning Huawei kompaniyasi Rossiya bozorini tark etmoqchi
Kompaniya bahordayoq Rossiyaga ayrim texnologiyalar eksportini taqiqlagandi.

Huawei Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfon yetkazib berishni to‘xtatdi. "Izvestiya" maʼlumotlariga ko‘ra, kompaniya Rossiya bozorini butunlay tark etishi mumkin.
Rossiyaning Telecom Daily kompaniyasi bosh direktori Huawei texnologiyalarini rasmiy do‘konlardan sotib olish mumkinligini, ammo bu yangi texnika emas, balki eski partiya qoldiqlari ekanini aytgan.
Huawei bahordayoq RFga mobil aloqa bazaviy stansiyalarini yetkazib berishni to‘xtatgandi. Bundan tashqari, kompaniya Rossiyadagi xodimlarini O‘zbekiston va Qozog‘istonga ko‘chirgan, ular yaqin vaqt ichida qaytarilmaydi.
Ayrim manbalar yetkazib berish butunlay to‘xtatilgan taqdirda Huawei mahsulotlari parallel import orqali olib kirilishini aytgan.
Ukrainada harbiy mojaro boshlangach, yuzlab texnologik gigantlar va G‘arb brendlari Rossiya bozorini tark etdi.







