O'zbekiston

Andijondagi baliqxonada fohishaxona aniqlandi

Reyd tadbirlarida 19 yoshli ayol qo‘lga tushgan.

Andijondagi baliqxonada fohishaxona aniqlandi

 

Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida baliqxona ichida fohishaxona tashkil etganlar qo‘lga olindi. Bu haqda  “O‘zbekiston 24” telekanalining “Vaziyat 24” ko‘rsatuvida xabar qilindi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi odam savdosi va noqonuniy migrasiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Ulug‘nor tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi niqobi ostida qo‘shmachilik faoliyati bilan shug‘illanib kelayotganlar aniqlangan.

 

Tuman hududidagi baliqxonada ish yurituvchi bo‘lib ishlab kelayotgan 44 yoshli ayol 19 yoshli ayolning 200 ming so‘m evaziga fohishalik bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratib bergan vaqtida reyd tadbiri ishtirokchilari ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.