Rossiya Ukrainada kemalarga qarshi raketalardan foydalanyapti
Uning yordamida bir qator obyektlar yo‘q qilingani aytilmoqda.

Rossiya Ukrainada kemalarga qarshi mo‘ljallangan X-32 qanotli raketalardan foydalanmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
“Maxsus harbiy operatsiya (RF Ukrainadagi harbiy harakatlarni rasman shunday ataydi — tahririyat) davomida Tu-22M3 samolyotlari kemalarga qarshi mo‘ljallangan X-31 qanotli raketalaridan yerusti marralarini yo‘q qilishda foydalandi. Harbiy harakatlar davomida ushbu raketalarning samaradorligi va yuqori darajadagi aniqligi tasdiqlandi”, – degan agentlik bilan suhbatlashgan amaldorlardan biri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda X-32 universal raketa tizimiga aylantirilgan. Amaldor ushbu qurolning kichik yerusti marralariga qarshi samarali vosita ekanini aytmoqda.
X-32 Rossiya armiyasiga 2016 yilda qabul qilingan. U suvusti kemalarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.







