O'zbekiston

Samarqanddagi omborxonada yong‘in chiqdi

Holat bo‘yicha vazirlik ma’lumot berdi.

Samarqanddagi omborxonada yong‘in chiqdi

 

Bugun, 2-noyabr kuni Samarqand shahridagi omborxonalardan birida yong‘in chiqdi. Holat  yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.

 

Qayd etilishicha, soat 17:11 da Samarqand shahri “A.Navoiy” MFY Shohruh ko‘chada joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:29 da qurshab olingan va soat 18:40 bartaraf etilgan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Binoning garaj hududidagi yonilg‘i saqlash xonasining 20 kvadrat metr maydoni va yonilg‘i tashishga mo‘ljallangan (benzavoz) “GAZ-52” avtomobili yonib zararlangan. 

 

Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqanddagi omborxonada yong‘in chiqdi | Zamon.uz