Surxondaryoda shifokorni do‘pposlaganlarga jinoyat ishi ochildi
Holat bo‘yicha SSV ma’lumot berdi.

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Angor tumanida o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan shifokor 3 nafar fuqaro tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgandi.
SSVning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 1-noyabr kuni Angor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan D.S. va G.I.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, tergov jarayoni tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.








