Turkiya harbiylari Ozarbayjonda yana bir yil qoladi
Anqara kuchlari mintaqaga 2020 yilda kirgandi.

Turkiya parlamenti turk harbiylarining Ozarbayjonda turish muddatini uzaytirdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.
Parlament yalpi majlisida tasdiqlangan qonun loyihasiga ko‘ra, 2022 yil 17 noyabridan Turkiya qurolli kuchlari missiyasi yana bir yilga uzaytirilgan.
Qorabog‘dagi qo‘shma rus-turk monitoring markazi 2020 yil noyabrida tuzilgan. Qonunda Turkiya harbiylarining bu yerda qolishi mamlakatning mintaqadagi konstruktiv rolini yana-da oshiradi va uning milliy manfaatlariga javob beradi.
Avvalroq Turkiya Shvetsiyaning NATOga kirishi uchun kam ishni amalga oshirayotganini iddao qilgandi.







