O'zbekiston

11-noyabrdan Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga bepul oziq-ovqat beriladi

Avvalroq 24-oktyabrdan boshlab nonushta tarqatilishi rejalashtirilgandi.

11-noyabrdan Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga bepul oziq-ovqat beriladi

 

11-noyabrdan Qoraqalpog‘istonda maktab o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash boshlanadi. Bu haqda Respublika Xalq ta’limi vazirligi xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, 2022/2023 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 716 ta ta’lim muassasalarida 143 577 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari keytering tashkilotlari tomonidan bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanishi belgilangan.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasida mavjud 716 ta umumta’lim maktablari hududlar kesimida 64 ta lotlarga joylashtirilgan.

 

Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul keytering usulida ovqatlantirish maqsadida, keytering tashkilotini tanlab olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq xarid qilish tartib-taomillari asosida tanlov o‘tkazish uchun ommaviy axborot vositalari orqali e’lonlar berilgan.

 

Platformaga joylashtirilgan 64 ta lotlardan 41 ta lot 11 ta tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yutib olinib, shartnomalar rasmiylashtirilgan. Hozirda 716 ta umumta’lim maktablaridan 481 ta maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanmoqda. 

 

22 ta lotda baholash ishlari tugatilib, bayonnomalar rasmiylashtirilib, 24 oktyabr kunidan boshlab nonushta tarqatilishi rejalashtirilgan edi. Lekin O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi”gi Nizomning buzilishi bo‘yicha o‘tkazilgan 22 ta lot tanlovi ishchi guruh komissiyasi tomonidan bekor qilingan va bundan tashqari, tadbirkorlik sub’yekti tomonidan 1 ta lot bekor qilinib, jami 23 ta lot tanlov (tender)ga qayta joylashtirilgan.

 

Joriy yil 11 noyabr kuni o‘qish boshlanishi bilan barcha maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tayyor oziq-ovqatlar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

11-noyabrdan Qoraqalpog‘istonda o‘quvchilarga bepul oziq-ovqat beriladi | Zamon.uz