AQSHning qo‘shimcha kuchlari Yevropada qancha muddatga qoladi?
Bayden ushbu masalaga oydinlik kiritdi.

AQSHning qo‘shimcha kuchlari Yevropada uzoq vaqt qoladi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Prezidenti Jozef Bayden maʼlum qildi.
“Ular u yerda uzoq muddatga qoladi”, – deb javob bergan Prezident Polsha va boshqa NATO davlatlardagi qo‘shinlar bo‘yicha berilgan savolga.
Rossiya-Ukraina mojarosi boshlangandan keyin Vashington Yevropaga qo‘shimcha kuch tashladi. Ular asosan Sharqiy Yevropaga joylashtirilgan. Hozir ham NATOning sharqiy qanoti kuchaytirilishda davom etyapti. RF mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 24 fevraldan beri AQSHning Yevropadagi qo‘shinlari soni 2.5 barobarga oshdi.







