O'zbekiston

Butunjahon jamiyati «Tashkent Book Fest» Toshkent xalqaro kitob yarmarkasida ishtirok etdi

Unda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi kitoblar taqdim etildi.

Butunjahon jamiyati «Tashkent Book Fest» Toshkent xalqaro kitob yarmarkasida ishtirok etdi

 

«Tashkent Book Fest» Toshkent xalqaro kitob yarmarkasida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati o‘z kitoblarini taqdim etdi. Butunjahon jamiyati stendi ko‘rgazmaning eng katta, yorqin va mehmonlar eng ko‘p tashrif buyurgan stendlardan biriga aylandi.

 

Stendda “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida”, “O‘zbekiston meʼmoriy epigrafiyasi” turkumidagi kitoblar, shuningdek, qadimiy qo‘lyozmalarning faksimile nashrlari hamda “Bekzod”, “Rishton kulolchiligi” kitoblari va tasviriy sovg‘a nashrlari taqdim etildi.

 

Xalqaro kitob yarmarkasi mehmonlari stend va taqdim etilgan kitoblar hamda yarmarka haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

Sirojiddin Saidov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi:

 

– Yoshlar tarbiyasida kitobning o‘rni va rolini juda katta. Kitob o‘qigan odamning dunyoqarashi keng bo‘ladi, Vatanni jon-jahdi bilan sevishni o‘rganadi. Yurtboshimiz, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kitobsiz yurtning kelajagi yo‘qligini alohida taʼkidlaganlar. Biz, O‘zbekiston adiblari esa davlatimiz rahbarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaymiz. Darhaqiqat, kitob yoshlar tarbiyasida ajralmas o‘rin tutadi.

 

Alisher Qodirov, “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi:

 

— Men shunchaki hayratdaman! Bu yangi tuyg‘u emas — “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi kitoblar bilan tanishman. Ammo hozir hamma nashrlarni shunday hajmda, shunchalik miqdorda ko‘rib, men hayratlandim. Madaniyatimizga, tariximizga, ajdodlarimizga shu darajada yuksak ehtirom bilan munosabatda bo‘lishni hurmat va eʼzozga loyiq. Biz ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashga va madaniy merosimizni birgalikda asrashga doim tayyormiz.

 

Yevgeniy Sklyarevskiy, blogger, “Toshkent haqida maktublar” sayti muallifi:

 

— Stend juda kuchli va boshqalardan sezilarli darajada farq qiladi. Bu ko‘k kitoblar juda taniqli va tanish, menda birinchi 10 ta jild bor va men ularni katta zavq bilan o‘qib-o‘rganaman. Shuningdek, bezak ishqibozi sifatida “O‘zbekiston arxitektura epigrafiyasi” turkumini ko‘rganimdan mamnunman. Ushbu kitoblarda men juda ko‘p yangi va qiziqarli narsalarni kashf qildim.

 

Boris Babayev, jurnalist, kultura.uz sayti muharriri:

 

— Ushbu stendga yaqinlashish — chinakam zavq. Men “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasining ishi va rivojlanishini uzoq vaqtdan beri kuzatib boraman va tobora ko‘proq hayratlanaman — bu yerda juda ko‘p qiziqarli narsalar bor! Kitoblar bir-biridan qimmatli. Bu juda ulkan va shavkatli ish!

Biz yaqinda O‘zbekistonning madaniy merosi haqidagi filmni suratga oldik va u yerda bu ajoyib loyiha haqida alohida gapirganmiz.

 

Aleksandra Degraf, dizayner, AQSH:

 

— Qoyil qolarli darajada ajoyib nashrlar! Ko‘rinib turibdiki, ular mehr bilan, professionallar tomonidan va professionallar uchun yaratilgan. Dizayner sifatida bunday kitoblar men uchun juda muhim va qiziqarlidir. Ulardan O‘zbekiston madaniyati va sanʼati, xususan to‘qimachiligi haqida kerakli maʼlumotlar olishim, milliy naqsh va bezaklar bilan tanishishim mumkin. Va bu nashrlarning chiroyliligi qanchalar ilhom baxsh etadi!

 

Eslatib o‘tamiz, «Tashkent Book Fest» kitob ko‘rgazmasi 4-noyabrga qadar davom etadi.

 

“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi Yangi O‘zbekistonning tashrif qog‘oziga aylangan. Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston madaniy merosini asrab-avaylash va ommalashtirishni davlat siyosati darajasigacha ko‘tardi.

 

“O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” loyihasi, jamoat, davlat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek, ijtimoiy masʼuliyatli biznesni birlashtirib, O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, asrash va ommalashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkata Mirziyoyevning tashabbuslari amalga oshirilishining yorqin namunasidir.

 

Bugungi kunda loyiha dunyoning 40 ta davlatidan 400 ta olimlarni birlashtirgan.

 

Loyiha doirasida, bugungi kunga qadar, “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumining 50 jildli kitob-albomi, 14 jildlik “O‘zbekiston meʼmoriy epigrafiyasi” turkumi, shuningdek, bir qator sovg‘aga mo‘ljallangan rangtasvirli kitoblari nashr ettirilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Butunjahon jamiyati «Tashkent Book Fest» Toshkent xalqaro kitob yarmarkasida ishtirok etdi | Zamon.uz