Borrel: Markaziy Osiyoning strategik ahamiyati ortmoqda
Diplomat YеI va mintaqa aloqalarini kuchaytirishga chaqirdi.

Markaziy Osiyo strategik muhim mintaqaga aylanmoqda va YеI ushbu hudud respublikalari bilan aloqalarini mustahkamlashi kerak. Bu haqda Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel maʼlum qildi.
“Markaziy Osiyo davlatlari hozirgi vaziyatda strategik nuqtayi nazardan muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Ular o‘z tashqi siyosatini diversifikatsiya qilishni rejalashtirmoqda, ular Sovet Ittifoqi respublikalari emas”, – degan u.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa davlatlari Rossiyadan o‘z mustaqilligini hurmat qilishni talab qilmoqda. Borrel respublikalar bilan aloqalarni mustahkamlashga chaqirgan.







