Gʻuzorda o‘z xonasini “fohishaxona”ga aylantirgan qorovul ishdan olindi
Holat yuzasidan hokimlik rasmiy izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida qorovul o‘z xonasida boshqalarga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib bergani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkorlik subyektiga tegishli bo‘lgan to‘yxonada qorovul vazifasida ishlagan U.F. o‘zining madaniyatsizligi uchun odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan ushbu jirkanch ishga qo‘l urgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Qorovul U.F. vazifasidan ozod qilindi, bu kabi holatlarni oldini olish yuzasidan to‘yxona egasi ogohlantirildi”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha,holat qorovul bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli tadbirkor nomi va to‘yxonaning manzili ochiqlanmagan.








