Misrdagi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyada yuzdan ortiq davlat rahbarlari ishtirok etadi
Xalqaro tadbir 6-18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

121 davlat Prezident va hukumat rahbarlari Misrda bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasida (COP-27) ishtirok etadi. Bu haqda Misrning COP-27 bo‘yicha maxsus vakili Vail Abu Majid maʼlum qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ishtirokchi davlatlar soni yana-da oshishi mumkin. Shu bilan birga konferensiyada Xitoy Raisi Si Szinpin va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining qatnashishi tasdiqlanmadi. Shu bilan birga ko‘plab Afrika davlatlari rahbarlari tadbirda ishtirok etadi.
Konferensiya 6-18 noyabr kunlari Sharm-ash-Shayxda bo‘lib o‘tadi.







