O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk bor yurak va buyrak bir vaqtda operatsiya qilindi

Bunday murakkab amaliyot dunyo bo‘yicha yiliga atigi 5-10 marta amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda ilk bor yurak va buyrak bir vaqtda operatsiya qilindi

 

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bir vaqtning o‘zida yurak koronar-shuntlash va buyrak transplantasiyasi amaliyoti o‘tkazildi. Milliy xirurgiya tarixida ilk bor amalga oshirilgan bu noyob operasiya o‘zbek kardiojarroh va transplantologlari tomonidan mustaqil bajarildi.

 

Davronbek Gʻoyibov 47 yoshda. Yuqori qon bosimi, bosh og‘rig‘i, ko‘z xiralashishi va doimiy charchoq kabi asoratlardan aziyat chekib kelgan bemor o‘zida surunkali buyrak yetishmovchiligi borligidan xabar topadi va dializ muolajalarini ola boshlaydi.

 

Bemor ko‘p yillardan beri qandli diabet, gipertoniya kasalligi bilan kardiolog va endokrinolog nazoratida ham turardi. Bularning barchasi uning ahvolini yanada og‘irlashtirdi.

 

Natijada sentyabr oyida Xirurgiya markaziga buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha murojaat qiladi. Bemorga o‘z qizi Zebiniso Gʻoyibova donorlik qiladigan bo‘lgan.

 

“Buyrak transplantatsiyasi juda uzoq vaqt davom etishi sababli buni xastaning yuragi ko‘tara olmasligi mumkin edi. Chunki tekshiruvlar davomida bemor yuragining uchta joyida jiddiy muammo aniqlandi. Operasiya davomida yurak tanaga qon yetkazib bera olmasdan, infarkt yuzaga kelishi xavfi bor edi. Shuning uchun ham rejalashtirilgan amaliyot ikki bosqichda o‘tishi belgilandi”, — deydi markazning bo‘lim mudiri, professor Fazliddin Bahriddinov.

 

Birinchi bosqichda yurakda koronar-shuntlash amaliyoti bajarilib, unga parallel ravishda buyrak ko‘chirib o‘tkazishga qaror qilingan. 

 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday murakkab amaliyot dunyo bo‘yicha yiliga atigi 5-10 marta amalga oshiriladi. O‘zbekiston hududida esa hali bunday operasiya bajarilmagan. Xirurgiya markazida tashkil etilgan komissiya a’zolarining ruxsati bilan boshlangan ushbu yuqori texnologik noyob muolaja muvaffaqiyatli yaqunlandi.

 

Hozir bemor va donorning ahvoli yaxshi, ularni tibbiy standartlar bo‘yicha davolash jarayoni davom ettirilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda ilk bor yurak va buyrak bir vaqtda operatsiya qilindi | Zamon.uz