Samarqand 2 kunga yopilmoqda
Shuningdek, shahar ichidagi ayrim ko‘chalarda transport harakati cheklanadi.

Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti munosabati bilan Samarqand shahriga kirish yo‘llari yopiladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Shu kunlari Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Shohizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.
Viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilganligini va maxsus flayerlar ishlab chiqilgan. Haydovchilar QR kod orqali yo‘llarda harakatlanishlari uchun ruxsat etilgan aylanma yo‘llardan mobil ilova orqali ham ko‘rishlari mumkin.








