Si Szinpin: Pekin va Berlin xalqaro taʼsirga ega yetakchi davlatlar
Germaniya va Xitoy yetakchilari uchrashdi

XXR Raisi Si Szinpin Germaniya Kansleri Olaf Sholsga dunyodagi beqarorlik fonida hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
“XXR va Germaniya xalqaro maydonda taʼsirga ega yetakchi davlatlar. Ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, kuzatilayotgan beqarorlik fonida davlatlarimiz o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishi kerak”, – degan Xitoy rahbari.
Si Szinpinning fikricha, bu orqali Pekin va Berlin tinchlik va taraqqiyotga yana-da ko‘proq hissa qo‘sha oladi.
“Faqatgina o‘zaro hurmatni saqlash, birgalikda harakat qilish va tajriba almashish, o‘zaro manfaatli asosda hamkorlik qilish kerak”, – deb qo‘shimcha qilgan u.







