O'zbekiston

“Targ‘ibotning zahri kesilishi uchun horij TV kanallarining ochilishi ayni muddao bo‘ldi”

"UzDigital TV" paketiga beshta xorij telekanali qo‘shildi. Bu borada Zamon.uz ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlar fikrini bir nuqtaga jamladi.

“Targ‘ibotning zahri kesilishi uchun horij TV kanallarining ochilishi ayni muddao bo‘ldi”

 

Endi O‘zbekistonda Rossiya televideniyesiga muqobil variant bor. IP-televideniye operatorlari paketi qatoridan BBC, CNN, Bloomberg, France 24, Xitoyning CGTN, Turkiyaning TRT Avaz, «Belarus 24» telekanallari ham o‘rin oldi.

 

Noyabr oyidan boshlab O‘zbekistonning IP-TV operatorlari turli tillardagi bir qator xorijiy telekanallarni o‘z paketlariga kiritdi. Bungacha mahalliy kanallardan tashqari o‘zbekistonliklar, asosan, Rossiya kanallarini tomosha qilish mumkin edi.

 

«UzDigital TV» kompaniyasi Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida qo‘shimcha beshta — BBC World News (Buyuk Britaniya), CNN International, Bloomberg (AQSH), CGTN (Xitoy) i TRT Avaz (Turkiya) kabi kanallar ko‘rsatilishini maʼlum qildi

 

«Abonentlar endi eng so‘nggi voqea-hodisalardan xabardor bo‘lib borishadi», — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.

 

Qolaversa, IP-televideniye kompaniyalari veb-saytlarida Fox News, CNBC, SkyNews, France 24, «Belarus 24» va boshqa xalqaro telekanallarni ko‘rish mumkin.

 

Xo‘sh, bunga jamoatchilik qanday fikr bildirmoqda. Zamon.uz ijtimoiy tarmoq faollari va blogerlar fikrini bir nuqtaga jamladi.

 

Voqelikni faqat bir tomon gapirmaydi, ikkinchi tomonning ham so‘zi eshitiladi

 

Baxtiyor Abdug‘ofur, bloger: 

 

«Qator xorij kanallarining ochilishi jamiyat ijtimoiy ongidagi muvozanatning saqlanishida juda muhim. Juda kuchli, agressiv targ‘ibot-tashviqot oqimi ostida edik. Va xalqning aksariyat qismi, buni real voqelik va haqiqat deb qabul qilar edi.

Ikkinchi tomondan, tashqi rasmiy targ‘ibot oshkora daʼvatlarga o‘tgan, ko‘paytirgan, avj olgandi: bolalarni suvga g‘arq qilish kerak! davlatchiligini yo‘q qilish kerak! muhim energetika tizimlarini portlatish kerak!..

Urushda ham deyarli shu ishlar bo‘ldi, bo‘lyapti. Urush boshlagan davlatning xalqi bu urushning boshida o‘zida yo‘q xursand edi. Sababi, shafqatsiz targ‘ibot mashinasi bir xalqni ikkinchi xalqqa dushman qilib ko‘rsatib bo‘lgandi. Va bu targ‘ibot TVlarda ko‘rsatilardi.

Fashist Germaniyasida Gebbels targ‘ibot mashinasi qanday ishlaganini eslaylik. Nemis xalqi ishondi, ergashdi, qo‘liga qurol oldi. Natija nima bo‘ldi? Davlat ikkiga bo‘lindi, millionlab nemislar asir qilinib Sibirga haydaldi, milliard-milliard dollarlardagi tovon puli yaqin-yaqingacha to‘landi.

Targ‘ibotning kuchi shunday.

Bu targ‘ibotning zahri kesilishi uchun xorij TV kanallarining ochilishi ayni muddao bo‘ldi. O‘ylaymanki, voqelikni faqat bir tomon gapirmaydi, ikkinchi tomonning ham so‘zi eshitiladi.

Shunisi muhim, tafakkur va tasavvurdagi muvozanat uchun.

 

Yechim juda oddiy

 

Tadbirkor va bloger Firuz Allayev o‘zining Telegram kanalida quyidagicha izoh qoldirdi: 

 

«Mening fikrim» murojaatlar portaliga ingliz tilida efirga uzatiladigan yangi telekanal ochish haqida petitsiya joylashtirilibdi. Murojaat muallifi telekanalni yoshlar ingliz tilini o‘rganishi, ingliz tilini bilishi muhimligi uchun ochish kerak degan taklifni beribdi.

Yoshlar ingliz tilini o‘rganishi uchun ingliz tilida doimiy efir bo‘lgani yaxshi, albatta. Lekin, bu uchun davlat byudjetidan milliardlab pul sarflash va yangi telekanal ochish noto‘g‘ri qaror.

Bizda axborot maydonida rus televideniyesi hukmronlik qiladi. Masalan, 65ta telekanal efirga uzatiladigan kabel, IP TV yoki UzDigital TV operatorlarida o‘zbek tilida 20ta kanal, rus tilida 45ta kanal efirga uzatiladi. Natijada aholining siyosiy ongi rus propagandasi vositasida shakllanyapti, ko‘pchilikning siyosiy qarashlari Rossiya taʼsiriga tushib qolyapti. Shu uchun ham til masalasida ham, chet el kanallari, umuman OAV masalasida ham muvozanat o‘rnatilishi juda muhim.

Vaziyatning yechimi bo‘lsa juda oddiy. Yangi kanal ochish o‘rniga Rossiya24 kanalini BBC World News kanaliga, rus tilidagi Euronews‘ning ingliz tilidagi Euronewsga, Karusel bolalar kanalida Nickelodeon yoki Cartoon Network kanaliga alishtirish yetarli bo‘ladi. Shunda, asosan Rossiya yangiliklariga moslashgan Rossiya 24 o‘rniga fuqarolarimiz neytral va ancha xolis bo‘lgan BBC World News yoki Euronews orqali yangiliklarni eshitishadi. Kimga Rossiya yangiliklari qiziq bo‘lsa, Perviy yoki Rossiya 1 orqali kuzatishda davom etishi mumkin.

Shuningdek, kelajakda yana-da muvozanat bo‘lishi uchun Turkiyaning biror neytral telekanali ham efirga chiqarilishi mumkin.

Hozirgi kunda ko‘plab kanallarda filmlar ikkita tilda uzatilmoqda, rus va o‘zbek tillari. Har kim o‘ziga mos tilni tanlab oladi. Kelajakda filmlarning bir qismida rus tilini ingliz tiliga alishtirish mumkin. Shuningdek, bu ishlarni yana-da rivojlantirib, filmlarning bir qismini ingliz tilida, faqatgina o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan davom ettirish mumkin.

Muammoning yechimi davlat byudjetida milliardlab pul sarflab yangi ingliz tilida telekanal ochishda emas, undan sifatliroq yechim yuqorida yozganlarim menimcha.

 

O‘zbekistonning o‘z salohiyatli telekanallari bo‘lish kerak

 

Kamoliddin Rabbimov, siyosatshunos:

 

O‘zbekiston IP televideniyesida xorijiy telekanallar soni ko‘payadigan bo‘ldi. Aniqrog‘i, shu paytgacha mavjud bo‘lgan Rossiya kanallariga, ko‘plab Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlaridagi taniqli telekanallar qo‘shiladigan bo‘ldi. Bu yaxshi yangilik. Sababi, O‘zbekiston ijtimoiy tafakkuri faqat bitta xorijiy davlatning axborot oqimi bosimi ostida qolishi – xavfli vaziyat edi.

Agar, hozirgi vaziyatda, O‘zbekistonning o‘zi ijtimoiy tafakkurni tashqi taʼsirdan uzish salohiyatiga ega sifatli axborot-dunyoqarash oqimi shakllantira olmas ekan, Rossiyaga muqobil kanallarni qo‘shish orqali muvozanat shakllantirishga intilish – to‘g‘ri qadam hisoblanadi. Shu paytgacha bu muammo borasida ko‘p gapirdik, va hozircha, muvaqqat yechim sifatida, maʼlum ishlar qilinganligi – tahsinga loyiq.

Lekin baribir O‘zbekistonning o‘z salohiyatli telekanallari bo‘lishi, O‘zbekiston davlati va jamiyatiga taalluqli barcha muhim axborotlar, ehtiroslar, g‘oyalar, qarashlar oqimi, aynan mana bu kanallar orqali yoyilishi kerak.

custom img

Chirchiqda kanalda oqib ketayotgan fuqaro qutqarib qolindi

Hushsiz holatda qirg‘oqqa olib chiqilgan shaxsga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

custom img

Andijonda qariyb 2,5 kilogramm “gashish” musodara qilindi

Mazkur giyohvandlik vositalari mamlakat hududiga xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

custom img

Andijonda bolasini urgani uchun erkak qo‘shnisining farzandini ayovsiz kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ortidan IIV holatga izoh berdi.

custom img

Margʻilondagi xonadonlardan birida yongʻin sodir boʻldi

Yongʻin natijasida ishlab chiqarish sexi va chinni buyumlar saqlash omborxonasi ham zarar koʻrgan.

custom img

Bolalarni tashish qoidalarini buzganlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin

O‘zbekistonda bolalarni tashish qoidalarini buzganlik uchun 30 BHM miqdorida jarima va haydovchilik huquqidan mahrum qilish taklif etildi.

custom img

Qarshida sudya yordamchisi 2500 dollar pora bilan ushlandi

Sud xodimi fuqaroni MIB tizimida boshqa tumanga o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston va Xitoy cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha yangi hamkorlik bitimlarini imzoladi

Xitoyning Inchuan shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiya doirasida O‘rmon agentligi ekologiya va o‘rmon xo‘jaligi yo‘nalishida yangi kelishuvlarga erishdi.

custom img

Jahon banki O‘zbekistonda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 million dollar ajratadi

“Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” dasturining ikkinchi bosqichi umumiy byudjeti 340 mln dollarni tashkil etadi. Qolgan mablag‘lar Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va O‘zbekiston tomonidan ajratiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"