Ukrainada qancha odam elektrsiz qolgan?
Rossiya zarbalari oqibatida mamlakat energetika infratuzilmasiga jiddiy zarar yetkazildi.

Ukrainada 4.5 million odam elektrsiz qoldi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼlum qildi.
"Birgina bugun tungi holatga ko‘ra, vaqtinchalik avariya va boshqa holatlar tufayli 4.5 million isteʼmolchi elektrdan uzildi. Bu Kiyev va 10 ta viloyatni qamrab olgan", — degan Ukraina rahbari.
Ukrainada har kuni bir necha soatga elektr uzib qo‘yiladi, hukumat aholidan energiyani tejashni so‘ramoqda. Rossiya so‘nggi bir necha hafta davomida mamlakat energetika infratuzilmasiga avia va raketa zarbalari berib kelmoqda.







