Jahon

Yilning eng qimmat brendlari eʼlon qilindi

Reytingga kiritilgan brendlarning umumiy qiymati yil davomida 16 foizga o‘sib, rekord daraja – 3,1 trillion dollarga yetgan

Yilning eng qimmat brendlari eʼlon qilindi

 

“Interband” talqini bo‘yicha dunyodagi eng qimmat brendlar reytingida “Apple” yetakchiligini saqlab qoldi.

 

“Iphone” ishlab chiqaruvchisi ketma-ket 10-bor birinchi o‘rinni egalladi. Kompaniya brendining qiymati 482,2 mlrd dollarga baholanmoqda, bu o‘tgan yilgi natijadan 18 foizga yuqori.

 

O‘tgan yilgidek kuchli uchlikdan Amazon” va “Misrosoft” o‘rin olgan, biroq brendi yil davomida qiymati 32 foizga oshgan “Misrosoft” 278,3 mlrd dollarga baholandi va bu Jeff Bezos kompaniyasini qariyb 3,5 mlrd dollar farq bilan ortda qoldirish va reytingda ikkinchi o‘rinni egallash imkonini berdi. “Amazon” brendi 2022 yilda 274,8 mlrd dollarga baholandi.

 

Reytingga kiritilgan brendlarning umumiy qiymati yil davomida 16 foizga o‘sib, rekord daraja – 3,1 trln dollarga yetgan.

 

Eng qimmat brendlar o‘nligida “Google” (251,75 mlrd dollar), “Samsung” (87,7 mlrd dollar), “Toyota” (59,76 mlrd dollar), "Сoсa-Сola" (57,5 mlrd dollar), “Mersedes-Benz” (56,1 mlrd dollar), “Disney” (50,3 mlrd dollar) va “Nike” (50,29 mlrd dollar) nomlari qayd etilgan.

 

“Interbrand” tomonidan eʼlon qilinayotgan reytingdan joy olishning bir qancha shartlari bor. Masalan kompaniya daromadining kamida 30 foizi brend ishlab chiqarilgan mamlakatdan tashqaridagi hududlardan olinishi kerak. 

 

Shuningdek, uzoq muddatda kutilayotgan foyda bo‘lishi hamda brend kapitali qiymatidan ortiq daromad keltirishi va xalqaro iqtisodiyotda tan olinishi kerak.

custom img

Eron va AQSH o‘rtasidagi muzokaralar haqida bir-biriga zid xabarlar kelib tushmoqda – OAV

AQSH va Eron o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha bir-biriga zid xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

custom img

Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi

Mamlakatga kirish vizasini onlayn rasmiylashtirish talab etiladi.

custom img

Pokistonda portlash oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi

Mazkur portlash uchun javobgarlikni “Balujiston ozodlik armiyasi” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

custom img

Bangladeshda qizamiq epidemiyasi: qurbonlar soni 500 nafardan oshdi

2026-yil 15 martdan 23 maygacha mamlakat bo‘ylab 62 mingdan ortiq kishida qizamiq alomatlari aniqlangan.

custom img

Putin ham Xitoydan quruqqoʻl bilan qaytdi

Rossiya rahbari Vladimir Putin ham Trampdan keyin Xitoyga tashrif buyurdi. Tahlilchilarning fikricha, Putin tashrifi Trampnikidan boshqacha bo‘lgan. Ikki yetakchi uchrashuvi ko‘tarinki ruhda o‘tgan. Ammo, The Moscow Times nashrining yozishicha, Putin Xitoyda qizil gilamda kutib olgan bo‘lsa-da u ham biror kattaroq natijaga erisha olmagan.

custom img

AQSH Isroilni Eron bo‘yicha muzokaralardan chetlashtirdi — NYT

Nashrga ko‘ra, bu holat saylovlar oldida turgan Netanyaxuga siyosiy zarba berishi mumkin.

custom img

Dunyoda 2008-yilgi iqtisodiy inqiroz takrorlanishi mumkin

AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik energiya bozoriga bevosita ta’sir qilmoqda.

custom img

Tramp singlisiga suiqasd rejlashtirgan iroqlik qo‘lga olindi

Iroq fuqarosi bo'lgan Muhammad Bagir Donald Trampning qizi Ivanka Trampga qarshi suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilinmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"