Bayden: Twitter butun dunyoga yolg‘on tarqatadi
AQSH yetakchisi Ilon Maskning ijtimoiy tarmoqni sotib olganini tanqid qildi.

AQSH Prezidenti Jozef Bayden Ilon Maskning Twitter‘ni sotib olganidan xavotirda ekanini aytdi. Bu haqda u Chikagodagi chiqishida aytgan.
“Biz hozir Ilon Mask butun dunyoga yolg‘on tarqatadigan instrumentni sotib olganidan xavotirdamiz”, — degan Oq uy rahbari.
Mask aprelda ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib olish istagini bildirdi. Shundan keyin kompaniya va milliarder o‘rtasida uzoq davom etgan o‘zaro ayblovlar davri boshlandi.
27 oktyabr kuni Mask Twitter‘ni sotib oldi.







