O'zbekiston

Ertaga Samarqandda ayrim ko‘chalar yopiladi

Shahar hokimligi cheklov sababini ma’lum qildi.

Ertaga Samarqandda ayrim ko‘chalar yopiladi

 

Avvalroq joriy yilning 5-6 noyabr kunlari Samarqand shahrida “Samarkand Half Marathon” xalqaro xayriya yarimmarafoni o‘tkazilishi xabar qilingandi. 

 

Shahar hokimligi xabariga ko‘ra, tadbirlar bo‘lib o‘tadigan hududlarda jamoat tartibini saqlash va marafonni namunali tashkil etish maqsadida 6 noyabr kuni  soat 07:00 dan boshlab marafon yakunlangunga qadar ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

 

Ular:
—Registon ko‘chasining Dahbed ko‘chasi kesishmasigacha;
—Dahbed ko‘chasidan Zargaron ko‘chasigacha;
—Islom Karimov ko‘chasi;
—Shohi Zinda ko‘chasi;
—Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi.

 

Ma’lumot uchun: marafonda bahslar uch bosqichda, ya’ni  2 kilometr hamda 10 kilometr va 21 kilometr masofaga yugurish tartibida bo‘ladi.

 

custom img

Navoiyda uyga bostirib kirib, qizni bog‘lab qo'ygan erkak 15 yilga qamaldi

U bundan avval ham turli jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan va xavfli retsidivist deb qayd etilgan.

custom img

UzQR olish endi onlayn amalga oshiriladi

Tadbirkorlar endi QR-kodni bankka bormasdan, Biznes 24/7 ilovasi orqali olish mumkin.

custom img

O'zbekistonda talabalar uchun darslar 7-sentyabrdan boshlanadi

Talabalar va o‘quvchilar uchun yangi o‘quv yili sanalari e’lon qilindi.

custom img

Doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun vaqtincha boshpana bilan ta’minlash tartibi belgilandi

Yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun vaqtincha boshpana, tibbiy yordam, hujjatlarni tiklash va ishga joylashishga ko‘maklashishni nazarda tutuvchi yagona tartib joriy etildi.

custom img

Toshkent va Farg‘onada “Umra”ga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Tegishli litsenziyasi bo‘lmagan shaxs 3 kishini “Umra”ga yuborish evaziga 3 450 dollar, yana bir shaxs 4 kishini yuborish uchun 4 200 dollar talab qilgan.

custom img

Toshkentda “Yashil to‘lqin”ning yangi qismi ishga tushirildi

Amir Temur maydonidagi 5 ta svetofor yagona algoritm asosida ishlay boshladi.

custom img

Elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqildi

Olimlar Jizzaxdagi podstansiyada tadqiqot o‘tkazdi.

custom img

Birinchi qoidabuzarlik uchun tadbirkorga ogohlantirish beriladi

Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, shuningdek, boshqa shaxslarning mol-mulkiga zarar yetmagan taqdirda, darhol jarima qo‘llanmaydi. Tadbirkorga kamchilikni bartaraf etishga 10 kun beriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"