O'zbekiston

Farg‘onada fuqaro IIB xodimi mashinasi oynalarini sindirib, uni jarohatladi

Bunga telefon mojarosi sabab bo‘lgan.

Farg‘onada fuqaro IIB xodimi mashinasi oynalarini sindirib, uni jarohatladi

 

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida telefon o‘g‘irlashda gumon qilingan fuqaro profilaktika inspektorining xizmat mashinasi oynasini tepib sindirdi. 

 

Qo‘qon shahrining Muqimiy ko‘chasida yashovchi fuqaro jоriy yilning 27-oktyabr kuni IIBning “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, farzandining telefonini noma’lum shaxs foydalanish uchun so‘rab olib, qaytarib bermaganini ma’lum qilgan.

 

Hududiy profilaktika inspektori tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borish davomida telefon apparatti Loyihaviy 1-tor ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan fuqaro tomonidan olib ketilgani aniqlangan.

 

29-oktyabr kuni profilaktika inspektori gumonlanuvchi bilan ko‘rishgan payti u o‘zini nosamimiy tutib, xodimning talablariga bo‘ysunmasdan turli noo‘rin so‘zlar bilan haqorat qiladi. Ichki ishlar xodimining avtomobili old yon oynasini tepib sindiradi hamda tosh otib avtomashinaga shikast yetkazadi. Oqibatda profilaktika inspektori yuz sohasidan jarohat olgan.

 

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u prosessual tartibda ushlangan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Farg‘onada fuqaro IIB xodimi mashinasi oynalarini sindirib, uni jarohatladi | Zamon.uz