Jahon

Peruning tub aholisi ichida turistlar bo‘lgan kemani garovga oldi

Ular shu orqali daryoga neft sizib chiqishi hodisasiga eʼtibor qaratmoqchi.

Peruning tub aholisi ichida turistlar bo‘lgan kemani garovga oldi

 

Peruning tub aholisi vakillari bir sutkadan ortiq turistlar kemasini garovda ushlab turdi. Ular daryoga neft sizib chiqishi bilan bog‘liq vaziyatda eʼtibor qaratishni talab qilmoqda.

 

Hodisa Loreto provinsiyasining Urarinas tumanida yuz bergan. Mahalliy aholi tez orada turistlarni qo‘yib yuborishga vaʼda bergan.

 

Kema ichida 70 dan 300 tagacha odamlar bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Ular 17 yoki 23 davlat fuqarolari hisoblanadi.

 

“Yashash huquqi va uni hurmat qilish ustuvor ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli biz odamlarning ketishiga sharoit qilib beramiz”, – degan tub aholi guruhi rahbari Uotson Truxilyo.

 

Kemada AQSH, Shveysariya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Ispaniya fuqarolari bor. Ularning aksariyatini yosh bolalar, qariya va ayollar tashkil etadi. Mahalliy jamoa ularni 6-8 kun ushlab turishga vaʼda bergan.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Peruning tub aholisi ichida turistlar bo‘lgan kemani garovga oldi | Zamon.uz