Yana bir davlat Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar uchun platforma taklif qildi
4-noyabrda Bahrayn sultoni ham Moskva va Kiyev o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligini aytgandi.

Tailand Rossiya va Ukraina muzokaralari uchun platforma yaratib berishga tayyor. Bu haqda qirollikning Moskvadagi elchisi Sasivat Vongsinsavat maʼlum qildi.
“Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga tayyor bo‘lsa, biz nizoning barcha tomonlari uchun muloqot maydoni taqdim etishga tayyormiz”, – degan diplomat.
4 noyabrda Bahrayn sultoni Hamad bin Iso al-Xalifa ham Moskva va Kiyev o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligini bildirgandi. Bundan tashqari, Vengriya, Turkiya, Isroil va Indoneziya kabi davlatlar ham o‘z hududida Rossiya va Ukraina muzokaralarini o‘tkazishni taklif qilgandi.







