Jahon

Insoniyat yanada xavfli epidemiyalarga duch kelishi mumkin

BMT vakillari iqlim inqirozini salomatlik tanazzuliga qiyoslamoqda.

Insoniyat yanada xavfli epidemiyalarga duch kelishi mumkin

 

Bugun inson salomatligiga tahdid soluvchi tashqi omillar yanada ko‘paygan. Global iqlim o‘zgarishi — shulardan biri. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbarining BMT mutasaddilari bilan navbatdagi qo‘shma bayonoti ayni shu o‘tkir muammoga bag‘ishlandi.

 

Unda qayd etilishicha, sayyorada havo harorati ko‘tarilishi turli tabiiy ofatlar bilan birga, xavfli infeksiyalar va kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichlari ortishiga sabab bo‘lyapti. Qolaversa, ocharchilik tufayli ko‘plab insonlar hayotdan ko‘z yummoqda.

 

JSST bosh direktori T. Gebreyesus bu holatga baho berar ekan, iqlim inqirozini salomatlik tanazzuliga qiyosladi. Masalan, Afrika mamlakatlarida global isish oqibatida yuzaga kelgan qurg‘oqchilik va suv toshqinlari 47 million kishini ocharchilikka duchor etdi. Ichimlik suvi tanqisligi esa ayrim mintaqalarda vabo epidemiyasining avj olishiga turtki bo‘ldi.

 

Bundan tashqari, Yer yuzida harorat ko‘tarilishi okeanlar suvi tarkibida ishqorlar ortishi va isishiga olib keldi. Bu esa ummonlardagi oziq-ovqat uchun yaroqli jonzotlarning qirilib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

 

O‘z navbatida, dunyoda taxminan 222 million kishi oziq-ovqat xavfsizligining yuqori darajasidan aziyat chekmoqda. Ular kuniga zo‘rg‘a bir mahal ovqatlanish qurbiga ega. Yana 45 million odam ocharchilik yoqasida. 

 

“Bularning barchasi Yer kurrasida havo harorati 1,2 daraja ortgani asoratidir. Ammo vaziyat shunday davom etaversa, bu ko‘rsatkich yaqin kelajakda 2 baravar oshishi hech gap emas. O‘shanda insoniyat global qurg‘oqchilik, toshqinlar va yanada xavfli epidemiyalar bilan ro‘baro‘ kelishi mumkin”, — deydi BMT mutasaddisi.

 

Qo‘shma bayonotda keltirilishicha, kelasi hafta Misrda bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan konferensiyasida ushbu mavzu kun tartibidagi asosiy masala bo‘ladi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Insoniyat yanada xavfli epidemiyalarga duch kelishi mumkin | Zamon.uz