Namanganda daydi it ikki kishini g‘ajigani aytildi
Holatga viloyat FVB munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi maktab yonida dayti it ikki nafar insonni g‘ajigani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Voqea joyiga tegishli mutaxassislar jalb etilib, daydi it ushlangan va quturish kasalligi bilan kasallangan yoki kasallanmaganligini aniqlash maksadida 10 kunlik veterinariya nazoratiga olingan.
“Jabr ko‘rgan fuqarolar belgilangan tartibda tibbiyot muassasalarida quturish kasalligiga qarshi vaksina bilan bepul emlanishi yo‘lga qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.








