Namangandagi xonadonlardan birida yong‘in chiqdi
Hodisa oqibatida uy egalariga tegishli hujjatlar yonib ketgan.

Bugun, 6-noyabr kuni Namangan shahridagi xonadadonlardan birida yong‘in chiqdi. Holat yuzasidan viloyat FVB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 11:03 da Namangan shahar “Istiqbol” MFYda joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida 101 qisqa raqami orqali xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, soat 11:57 da olov to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Uyning shift va tom qismidan 90 kvadrat metr joyi xamda uy-ro‘zg‘or byumlari, uy egalariga tegishli hujjatlari yonib zararlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.








