O'zbekiston

O‘quvchini do‘pposlagan qashqadaryolik deputat partiyadan “uchdi”

Shuningdek, u deputatlar safidan ham chiqarilgan.

O‘quvchini do‘pposlagan qashqadaryolik deputat partiyadan “uchdi”

 

Kecha, 5-noyabr kuni Qamashi tumanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman kengashi hamda Xalq deputatlari tuman kengashiga O'zLiDePdan saylangan deputatlarning partiya guruhi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O'zLiDeP rasmiy saytida xabar qilindi. 

 

Qo‘shma yig‘ilishda partiya a’zosi, xalq deputatlari tuman kengashi deputati Nurtoyev Panji Norboyevichning partiya a’zosi, qolaversa, tuman kengashi deputati nomiga dog‘ tushiruvchi nojo‘ya xatti-harakatlari atroflicha muhokama qilingan.

 

Yig‘ilish ishtirokchilari P.N.Nurtoyevni ko‘p yillardan beri tumanda fermerlik harakati rivojiga hissa qo‘yib kelayotgan shaxs, “Mirzadala Norboy” fermer xo‘jaligi rahbari sifatida tumanda yaxshi bilishlarini ta’kidlab o‘tishdi. Mazkur yo‘nalishdagi faolligini inobatga olgan holda partiya tuman kengashi o‘z vaqtida uning nomzodini dastlab partiya a’zoligiga, keyinchalik xalq deputatlari tuman kengashi deputatligiga ilgari surganligi aytilgan.

 

Bularning barchasi shu kunlarda u tomonidan sodir etilgan salbiy holatlarni oqlamasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Huquqiy davlatda hech kimga har qanday holatda ham boshqa shaxsga jismoniy kuch ishlatish, o‘zboshimchalik bilan, qonunni qo‘pol tarzda buzib, jazo qo‘llash vakolati berilmaganligi ta’kidlangan. 

 

“Qolaversa, mazkur voqeaga aniqlik kiritish maqsadida unga murojaat qilgan jurnalistning savollariga bergan bema’ni javoblari, xususan, ishlatilgan haqoratli so‘zlari nafaqat uning o‘zi, oilasiga, balki u a’zo bo‘lgan partiyaning obro‘siga, deputatlik sha’niga jiddiy dog‘ tushirdi”, — deyiladi xabarda. 

 

O’zLiDeP Qamashi tuman kengashi o‘z vakolatlaridan kelib chiqib, o‘zining amaldagi qonunlarga zid harakatlari bilan partiya sha’niga dog‘ tushirgani uchun O'zLiDeP Ustavining 3.4. bandiga asosan P.N.Nurtoyevni partiya safidan chiqarish masalasini ovozga qo‘ygan va ushbu taklif majlis ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan.

 

Shuningdek, P.N.Nurtoyevning qilmishlari deputatlik odobining umume’tirof etilgan normalarini qo‘pol ravishda buzuvchi va deputatlik maqomiga dog‘ tushiruvchi holat sifatida baholanib, uni deputatlikdan chaqirib olish borasida Xalq deputatlik Qamashi tuman kengashiga tavsiyanoma kiritish  masalasi ham ovozga qo‘yilgan va ishtirokchilar tomonidan ma’qullangan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘quvchini do‘pposlagan qashqadaryolik deputat partiyadan “uchdi” | Zamon.uz