“O‘zingizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz”
Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi.

Toshkent shahrida kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda shahar hokimligi xabar qildi.
“Hurmatli toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlari!
“O‘zgidromet” markazi ma’lumotiga ko‘ra, 7-8 noyabr kunlari Toshkent shahrida kuchli shamol va yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda.
Noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmasligingizni, o‘zingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.








