O'zbekiston

Qish yaqinlashmoqda: yangi mavsumda qanday mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul?

Mavsumiy ratsion organizmni kunlik vitaminlar dozasi bilan ta’minlaydi va sog‘lom bo‘lishimizga ko‘maklashadi.

Qish yaqinlashmoqda: yangi mavsumda qanday mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul?

 

Havodagi mikroblar mavsumga qarab o‘zgarishini bilasizmi? Ichaklardagi mikroblar ham vaqti-vaqti bilan almashishi haqida-chi? Bugun biz do‘konga borib istagan mahsulotimizni istagan vaqtda sotib olishimiz mumkin. Ammo bu qulaylik mavsumiy rang-baranglikni cheklab qo‘yishi mumkin. Ichak immuniteti immun tizimining 70 foizini tashkil etadi va u barqaror mavsumiy mikroblar bilan bog‘liq. Xo‘sh, unda qish mavsumida qanday mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul? 

 

Qo‘ziqorinlar. Qo‘ziqorinlar qishda D vitaminining qo‘shimcha manbai bo‘lishi mumkin. Shiitake qo‘ziqorinlari V vitamin guruhi, D vtamini, selen, niasin va 7xil aminokislotalari saqlagani uchun immunitetni sezilarli ko‘tarishi mumkin. 

 

Sitrus mevalar. Qishda S vitaminining ham qo‘shimcha manbai zarur, u organizmni mustahkamlab, kasalliklarning oldini oladi. Apelsin, limon, laym, greypfut kabi sitrus mevalar S vitaminining katta dozasini yetkazib beradi. 

 

Qishki sabzavotlar. Sovuqda ko‘proq kaloriya yo‘qotganimiz sababli qishda to‘yimliroq va issiqroq taomlar yegimiz keladi. Yilning bu mavsumida kartoshka, sabzi, sarimsoq kabi kletchatkalar va uglevodlarga boy bo‘lgan sabzavotlarni iste’mol qilgan ma’qul. 

 

Olma. Kuz kletchatka va pektinga boy olmalar mavsumi sanaladi. Bu moddalar esa hazm qilish tizimi uchun foydali va yurak-qon-tomir kasalliklaridan himoya qiladi. bundan tashqari, olma A, E, B6, C va K vitaminlari boy. 

 

Anor. Anor – qish mavsumining eng mashhur mevalaridan biri v yaxshi antioksidant. U immun tizimini mustahkamlab, organizmni turli kasalliklardan, jumladan, saraton va yurak- qontomir kasalliklarida himoyalaydi. Shu sababli anorni kunlik rasionga qo‘shish zarar qilmaydi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qish yaqinlashmoqda: yangi mavsumda qanday mahsulotlarni iste’mol qilgan ma’qul? | Zamon.uz