Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashvini o‘tkazadi
O‘yin Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda “Sputnik” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, o‘yin 20-noyabr kuni Toshkentdagi 33,5 ming tomoshabinni sig‘dira oladigan “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
U Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.








