Toshkentda “Leningrad yodgorligi” o‘rnatiladi
Rossiyalik mehmonlar unga tamal toshi qo‘yish marosimida qatnashadi.

Toshkent shahrida “Leningrad yodgorligi” o‘rnatiladi, deya xabar bermoqda “Sputnik” nashri.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonga Sankt-Peterburgdan gubernator Aleksandr Beglov boshchiligidagi katta delegatsiya keladi. Mehmonlar “Leningrad yodgorligi” poydevoriga tosh qo‘yish tantanali marosimida ishtirok etadi. Bu Rossiyaning shimoliy poytaxti aholisining O‘zbekiston xalqiga Ulug‘ Vatan urushi davrida evakuatsiya qilinganlarga yordam uchun minnatdorchilik bildirish belgisi sifatida baholanmoqda.
Shuningdek, ular Volgograd qabristonidagi “Harbiy shon-sharaf” yodgorligi va o‘zbek askarlari – Leningrad himoyachilariga bag‘ishlangan esdalik lavhasi poyiga gullar qo‘yishadi.
Sankt-Peterburglik mehmonlar Toshkent hokimi bilan ham uchrashib, hududlararo hamkorlik biznes-forumida ishtirok etadi.
So‘ngra delegatsiya Samarqandga boradi va u yerda Islom Karimov qabriga gul qo‘yishadi, Samarqand viloyati hokimi bilan uchrashishadi, migratsiya markaziga hamda A.S. Pushkin nomidagi viloyat ilmiy universal kutubxonasiga tashrif buyurishni rejalashtirgan.








