Yakkabog‘da VAZ–2101 temiryo‘l chorrahasida YTHga uchradi
Holat bo‘yicha IIB ma’lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidan o‘tuvchi temiryo‘l kesishmasida YTH sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 5-noyabr kuni soat 21:55 larda 4R-84 Chiroqchi–Yakkabog‘–Shurbozar avtomobil yo‘lining 18-kilmetrida yuz bergan. Haydovchi R.Gʻ. VAZ–2101 rusumli avtotransport vositasi bilan harakatlanib kelayotib boshqaruvni yo‘qotgan va temir to‘siqqa urilib ag‘darilib ketgan.
YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








